logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Erkin kurash afsonasi UFC jangchisi Bo Nikalning chaqiruviga javob berdi

 29 YANVAR, 2026, 15:00

Abdulrashid Sadulaevning RAF ligasi debyut jangidagi raqibi tashkilotning yarim og'ir vazn toifasidagi chempioni Bo Nikal bo'lishi mumkin.

Bir kun avval amerikalik UFC jangchisi rossiyalik ikki karra Olimpiada chempionini kurash gilamiga chorlagandi. 

"Barcha davrlarning eng buyuk kurashchilaridan biri bilan jang qilish men uchun sharaf bo'lardi. Bu hamma ko'rishni istaydigan bahs. Men tayyorman - keling, buni amalga oshiraylik", - deb yozdi Nikal ijtimoiy tarmoqda Sadulaev bilan jang posterini joylab.

"Mana, okean ortidan birinchi chaqiriq keldi. Bo Nikal, MMA - sen uchun yaxshi tanlov. Ammo erkin kurash - bu boshqa daraja. Ha. sen ham kurashchi eding, lekin men shu ummonda yashayman. Bu erda ham qoidalarni akulalar belgilaydi. Agar o'zingni tayyor deb hisoblasang, xush kelibsan!", - deb javob berdi rossiyalik.

Abdulrashid Sadulaev bilan shartnoma imzolagani haqida Real American Freestyle ligasi ikki hafta oldin rasman elon qilgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ