logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fiziev nima uchun Getjining Topuriya bilan jangini istamasligini aytdi

 29 YANVAR, 2026, 11:16

UFC jangchisi Rafael Fiziev Jastin Getji va Iliya Topuriya o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.

"Jastin uchun xursandman, lekin u bu jangga o'z formasida kelmaganiga hayronman. Birinchi raundda u juda sekin harakat qildi. Go'yoki kasaldek ko'rindi. Men u bilan Londonda jang qilgan paytdagi formasida bo'lganida, Peddini dastlabki ikki raundda tugatgan bo'lardi. U 100 foiz tayyor emas edi, deb o'ylayman. Uning bo'ynini ko'rdim — ehtimol stafilokokk infekciyasiga o'xshardi. Lekin Peddi meni hayratga soldi, uning boshi juda mustahkam ekan.

Topuriya va Getji? Rostini aytsam, bu jangni ko'rishni istamayman. Udeyarli 38 yoshda. U bu jangda qanday formada bo'lganini hisobga olsak, bu yaxshilik bilan tugamaydi. Iliya bilan "stoyka"da boks tushish — juda xavfli. Iliya uni osongina nokaut qilishi mumkin. Albatta, bu MMA, hammasi o'zgarishi mumkin. Lekin baribir bu jangni ko'rishni istamayman", — dedi Fiziev MMAJunkie nashriga.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ