logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Tata Steel Chess 2026. Abdusattorov hamon peshqadam, mag'lubiyatsiz Sindarov ikkinchi!

 29 YANVAR, 2026, 09:48

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. To'qqizinchi turda ikki grossmeysterimiz o'zaro uchrashuvda durang qayd etishgandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Kecha musobaqada 10-tur partiyalari o'ynaldi. Peshqadam Abdusattorov oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseevga qarshi bahs olib borib, durangga imzo chekdi. Bu bilan Nodirbekning ochkolari 6,5 taga etdi va u turnir jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda. Lekin Abdusattorovning ketma-ket durang natijalaridan keyin taqibchilari deyarli etib olishdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Tur oldidan ikkinchi o'rinni egallab turgan Javohir Sindarov kecha oq donalarda niderlandiyalik Yorden Van Forest bilan murosaga keldi. Grossmeysterimiz 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni o'zida saqlab qoldi. Forest ham 6 ochkoga ega va u kuchli uchlikka yakun yasab turibdi. Germaniyalik Mattias Blubaum hisobida ham 6 ochko bor.  


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Amerikalik Hans Niemann va turkiyalik 14 yoshli grossmeyster Yagiz Kaan Erdogmush 5,5 tadan ochko jamg'argan. Agar kecha Yagiz g'alaba qozonganida 6,5 ochko bilan Abdusattorovga etib olar edi. Nodirbekning baxtiga amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju qora donalarda o'ynab, turkiyalik vunderkindni mag'lub etdi. 


Tata Steel Chess 2026. 10-tur natijalari:

Aravindx CHitambaram (Hindiston) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya) 1-0

Vinsent Keymer (Germaniya) — Arjun Erigaisi (Hindiston) 1-0

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 0,5-0,5

Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) 0-1 

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 0,5-0,5 

Mattias Blubaum (Germaniya) — Anish Giri (Niderlandiya) 1-0 

Hans Niemann (AQSH) — Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) 0,5-0,5


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga o'tkaziladigan 11-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda mezbonlar vakili Yorden van Forestga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov ham qora donalarda o'ynaydi. U hindistonlik Arjun Ergaisi bilan hisob-kitob qiladi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 18:15da boshlanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ