ECHL. Keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalar nomi malum
29 YANVAR, 2026, 08:16
"Real," "Inter" va "PSJ" CHempionlar Ligasi play-off o'yinlarida qatnashadi.CHempionlar ligasining 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olgan va pley-offda ishtirok etadigan barcha klublar aniq bo'ldi.
Umumiy bosqichda birinchi sakkiztalik o'rinni "Arsenal", "Bavariya", "Liverpul", "Tottenxem", "Barselona", "CHelsi", "Sporting" va "Manchester Siti" egalladi.
Mikel Artetaning jamoasi tarixda ilk bor barcha 8 ta o'yinda g'alaba qozonib, 24 ochko to'plashga erishdi.
Umumiy bosqich jadvalida 9-16-o'rinlarni egallagan jamoalar qatoriga "Real," "Inter," "PSJ," "Nyukasl," "Yuventus," "Atletiko," "Atalanta" va "Bayer" kirdi.
17-24-o'rinlarni egallagan jamoalar orasida "Borussiya" Dortmund, "Olimpiakos," "Bryugge," "Galatasaroy," "Monako," "Qorabog'," "Bude-Glimt" va "Benfika" bor.
CHempionlar Ligasi play-off bosqichi uchun qura tashlash 30 yanvar, juma kuni o'tkaziladi.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com
