logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Zinchenko: "Yana bir orzum amalga oshdi"

 27 MART, 2024, 13:30

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko 2024 yilgi Evropa chempionatiga yo'llanma haqida gapirdi. Pley-off bosqichining so'nggi o'yinida "sariq-ko'klar" Islandiya ustidan 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

"Aql bovar qilmaydigan tuyg'u. Men juda xursandman, chunki yana bir orzum amalga oshdi. Qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat. Ular haqiqatan ham barcha qiyinchiliklarni engib o'tishimizga yordam berishdi", — dedi Zinchenko ESPN nashriga.

Eslatib o'tamiz, Evropa chempionati yozda Germaniya futbol maydonlarida bo'lib o'tadi. Ukraina termasining guruh bosqichidagi raqiblari Ruminiya, Slovakiya va Belgiya terma jamoalari bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR