Australian Open. Yannik Sinner ham yarim finalga chiqdi
28 YANVAR, 2026, 17:32
Dunyoning ikkinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner Australian Open chorak finalida ettinchi raketka Ben SHeltonga qarshi kortga chiqdi.2 soat 25 daqiqa davom etgan o'yinda Sinner raqibini 6/3, 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa, Sinner o'zaro uchrashuvlardagi ustunligini 9:1 ko'rinishiga etkazdi.
Endi u yarim finalda Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Manba: olamsport.com
