"Hech qanday bahona yo'q". Pimblett Getjiga mag'lubiyatdan so'ng post qoldirdi
28 YANVAR, 2026, 15:48
UFC engil vazn jangchisi Peddi Pimblett Jastin Getjiga qarshi mag'lubiyatdan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi."Umid qilamanki, jang barchaga yoqdi, menga yoqqandek. Meni qo'llab-quvvatlagan, zalga kelgan va uydan turib tomosha qilgan barchaga rahmat. Mening ahvolim yaxshi, jarohatlar yo'q. Jangga alo holatda chiqdim, lagerim zo'r o'tdi, vazn tushirish ham engil bo'ldi. Hech qanday bahona yo'q — kuchli jangchi g'alaba qildi. Jastin Getji, tabriklayman, do'stim. Bunday afsona bilan oktagonni bo'lishish sharaf edi. Borib, chempionlikni qo'lga kirit — sening faoliyating shunga loyiq", — deb yozdi Pimblett.
Manba: olamsport.com
