"Men uchun oson pullar". Carukyan navbatdagi jangni kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytdi
28 YANVAR, 2026, 13:32
UFC jangchisi Arman Carukyan navbatdagi jangini BMF kamari sohibi, amerikalik Maks Xolloueyga qarshi o'tkazishni istashini bildirdi."Hozir jang qilishim mumkin bo'lgan hech kimni ko'rmayapman. Agar Xollouey Oliveyrani mag'lub etsa, u holda Maks bilan jang qilishim mumkin. Lekin bu UFC’ga kerakmi-yo'qmi, bilmayman. Men uchun bu oson pul, hatto o'rtada BMF kamari turgan bo'lsa ham. Uni qo'lga kiritish ham yomon emas", — dedi Carukyan.
Manba: olamsport.com
