logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fazliddin Erkinboev Saidjamshid Jafarov bilan bo'lgan ikki jangini esladi

 28 YANVAR, 2026, 11:16

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati Liverpul-2025 Jahon chempionati g'olibi Fazliddin Erkinboev bilan suhbatlashdi.

- Fazliddin O'zbekiston chempionatida qatnashmagan bo'lsangiz ham kuzatganligingiz aniq. 

- Albatta, har doimgidek juda qiziqarli janglar bo'ldi. 

- Vazn toifangizdagi raqobat borasida nima deysiz? 

- Jiddiy kechdi. Har biri chempion bo'lishga harakat qildi. Umuman ularning harakatlari yoqdi. Ayniqsa, chempion bo'lgan Javohir Abdurahimov yaxshi taassurot qoldirdi. 

- Saidjamshid Jafarov kabi jiddiy raqibni ikki bor mag'lub etdingiz. Qaysi biri siz uchun qiyinroq kechdi?

- Saidjamshid aka juda tajribali, har ikkisi ham oson bo'lgani yo'q. Biroq baribir birinchi to'qnashuvimiz qiyin kechdi. 


- Xalqaro musobaqalarda eng ko'p to'qnash keladigan va uni harakatlarini yod biladigan raqibingiz bor(mi)...? 

- Ha, bor. turkiyalik Sultan Osmanli bilan turli yosh toifalarida duch kelganmiz. Liverpuldagi jahon chempionatida ham uni mag'lub etgandim. 

- Kutilayotgan xalqaro musobaqalarda siz uchun asosiy raqib kim bo'lishi mumkin? 

- Xalqaro musobaqalarda barcha raqiblar qiyin bo'ladi. Lekin alohida takidlash kerak bo'lsa, qozog'istonlik Sabirjan Akkalikovni aytgan bo'lardim.

- Sizga faqat omad tilaymiz!

- Rahmat.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ