logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Futzal. Osiyo chempionati boshlandi. Bugun O'zbekiston o'ynaydi (Natijalar)

 28 YANVAR, 2026, 08:32

Indoneziya poytaxti Jakartada hisob bo'yicha o'n sakkizinchi futzal Osiyo chempionati start oldi.

Malumki, ushbu musobaqada 16ta terma jamoa ishtirok etmoqda va jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan.

A guruhi: Indoneziya, Iroq, Qirg'iz Respublikasi, Koreya Respublikasi.

B guruhi: Tailand, Vetnam, Quvayt, Livan.

C guruhi: Yaponiya, O'zbekiston, Tojikiston, Avstraliya.

D guruhi: Eron, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni, Malayziya.


comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

27 yanvari kuni A va B guruhlarida 1-tur urashuvlari o'tkazildi. A guruhida Iroq Qirg'iziston futzal terma jamoasidan ustun kelgan bo'lsa, Indoneziya Janubiy Koreyani yirik hisobda mag'lub etdi. B guruhida Tailand Livan terma jamoasini, Vetnam esa kuvaytni mag'lub etdi.

A guruhi. 1-tur. 27 yanvar

Iroq - Qirg'iz Respublikasi 4:2

Indoneziya - Koreya Respublikasi 5:0

B guruhi. 1-tur. 27 yanvar

Tailand - Livan 2:0

Vetnam - Quvayt 5:4


comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

Bugun, 28 yanvar kuni C va D guruhlarida 1-turga start beriladi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da O'zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuvda Nodir Eliboev shogirdlariga omad tilab qolamiz.

C guruhi. 1-tur. 28 yanvar

13:00. Yaponiya - Avstraliya

17:00. O'zbekiston - Tojikiston

D guruhi. 1-tur. 28 yanvar

11:00. Afg'oniston - Saudiya Arabistoni

15:00. Eron - Malayziya


comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">

Musobaqada ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha ko'rinish olgan.

Darvozabonlar: SHavkat Ibragimov (Oil Star), Abbos Elmurodov (BMB PFC).

Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev (Oil Star), Sunnatilla Jo'raev (Nasaf), Anasxon Rahmatov (Nasaf).

Qanot o'yinchilari: SHaxram Faxriddinov (OKMK), Xayrulla Solixov (OKMK), Samariddin Berkinov (Oil Star), Abror Axmedzyanov (SQB), Akbar Usmonov (SQB), Ixtiyor Ropiev (Nasaf), Eldor Nigmatov (Lokomotiv).

Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov (BMB PFC), Elbek To'lqinov (Oil Star).

X.Xoliqov tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ