logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sergey Fomin Manama Challenger 125 saralashi finalida uch setlik uchrashuv o'tkazdi

 27 YANVAR, 2026, 18:32

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha Challenger 125 turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 225 000 AQSH dollaridan iborat turnir davom etmoqda.

Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/2 finalda saralashga imtiyozli chipta asosida qo'yilgan, italiyalik reytingi yo'q tennischi Enriko Baldisserrini 6/1, 6/2 hisobida mag'lub etgandi. 

Afsuski, Fomin saralashning asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final uchrashuvida bolgariyalik Dimitar Kuzmanovga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi setni osonlikcha o'z foydasiga hal qilgan hamyurtimiz yakunda mag'lubiyatga uchradi. Saralashda uchinchi raqam ostida saralangan, dunyoning 266-raketkasi bo'lib turgan Kuzmanov kambek amalga oshirdi - 1/6, 6/3, 6/1. 

Taqqoslash uchun, Sergey Fomin saralash turnirida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, ayni paytda ATP reytingida 338-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz 2 soatu 2 daqiqa davom etgan bahs mobaynida 2, Kuzmanov 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Hamyurtimiz uchun bu turnir ham omadsiz yakunlandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ