logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Ehtimol, ko'proq daromad olish uchun Makgregorni iyuldagi PPV turniri uchun asrab qo'yishar"

 27 YANVAR, 2026, 17:48

Taniqli sharhlovchi va ekspert Ariel Xelvani UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregorning qaytishi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.

"Yaqin orada Konor Makgregor va UFC bilan bog'liq eng qiziq jarayonlar boshlanadi. Dana Uaytdan Konorning so'nggi bayonotlari haqida so'rashganda, u odatdagiday "men bu haqda hech narsa eshitmadim" dedi. Men bunga umuman ishonmayman. U barchasidan xabardor, deb o'ylayman.

Eslatib o'taman, 14 iyunda Oq uyda o'tkaziladigan turnirda PPV bo'lmaydi. CHiptalar sotuvidan daromad ham bo'lmaydi. Eshitishimcha, u erda homiylar ham bo'lmaydi. Bu esa vaziyatni ancha murakkablashtiradi.

Men Konor qaytmaydi, demayapman. Ammo iyulda PPV turniri bor. Ehtimol, ular uni aynan o'sha tadbir uchun saqlab qo'yishar, PPV, chiptalar va boshqa daromadlarni sotish uchun", — dedi Xelvani The Ariel Helwani Show efirida.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ