logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peddi Pimblettning rafiqasi erining sog'lig'i haqida malumot berdi

 26 YANVAR, 2026, 19:48

Yuzi qonga belangan britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 324 turnirida Jastin Getjiga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan va shundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda ko'rinish bermayotgandi.

Peddi matbuot bilan muloqot ham qilmadi. U jangda jiddiy jarohat olgandi. Uning rafiqasi Laura britaniyalik engil vaznli sportchi shifoxonaga borganidan keyin o'zini qanday his qilayotganini muxlislarga aytib berdi.

"Biz abadiy birgamiz. Barcha so'rovchilar uchun: uning ahvoli mutlaqo yaxshi va u qaytib keladi", deb yozgan Laura Pimblett ijtimoiy tarmoqda turmush o'rtog'i bilan birga tushgan suratini elon qilib.

Getji va Topuriya o'rtasidagi jang bo'lib o'tadimi yoki yo'q, hozircha nomalum. CHunki barcha signallar "El Matador" ushbu jangdan ko'ra Islam Maxachevga qarshi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangini afzal ko'rishi mumkinligini ko'rsatmoqda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ