Jarohat sabab himoyachimiz milliy terma jamoa yig'inini tark etdi
25 YANVAR, 2026, 16:32
O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inidan biroz ko'ngilsiz xabar keldi.Terma jamoamiz va "Nasaf" klubining istedodli vakili Zafarmurod Abdirahmatov kutilmaganda safdan chiqdi.
Jarohat tafsilotlari:
Sabab: Futbolchi mashg'ulotlar jarayonida o'zida eski jarohati tufayli noqulaylik sezgan.
Tibbiy xulosa: SHifokorlarning tavsiyasiga ko'ra, futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik maqsad qilingan.
Tiklanish: Endilikda Zafarmurod Abdirahmatov tiklanish jarayonini O'zbekistonda davom ettiradigan bo'ldi.

Manba: olamsport.com
