Uch italiyalik ilk bor Ochiq erada Australian Open 1/8 finaliga chiqdi
25 YANVAR, 2026, 13:32
Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirida qator ahamiyatga molik rekordlar qayd etilmoqda.Jumladan, italiyalik tennischilar Yannik Sinner, Lorenco Muzetti va Luchano Darderi musobaqaning 1/8 finaliga chiqdi. SHu kungacha zamonaviy tennis Ochiq erasida uch italiyalik tennischi musobaqaning nimchorak finaliga etib kelmagandi.
Uchinchi davrada Yannik Sinner amerikalik Eliot Spiccirrini (4/6, 6/3, 6/4, 6/4), Lorenco Muzetti chexiyalik Tomash Maxachni (5/7, 6/4, 6/2, 5/7, 6/2), Luchano Darderi esa rossiyalik Karen Xachanovni (7/6(5), 3/6, 6/3, 6/4) mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, tennisda Ochiq era 1968 yilning 22 aprelidan hisoblanadi. Avstraliya Ochiq chempionatidagi rekordlar 1969 yildan bu yog'iga hisoblab kelinmoqda.

Manba: olamsport.com
