logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC yangi bonuslar tizimini amaliyotga kiritdi

 25 YANVAR, 2026, 12:00

Paramount platformasida UFC’ning yangi televizion davri boshlanishi bilan dunyoning eng kuchli Ligasi o'z jangchilari uchun yanada tomoshabop janglarni ko'rsatishga va hakamlar qaroridan qochishga undaydigan yangi rag'batlantirish tizimini joriy etdi.

Biroz avval Las-Vegasda yakuniga etgan UFC 324 turniridan boshlab, "Oqshom namoyishi" va "Oqshom jangi" uchun standart bonuslar miqdori 50 ming dollardan 100 ming dollargacha oshirildi. 

Bundan tashqari, Liga jangni muddatidan oldin yakunlagan har bir jangchiga qo'shimcha 25 ming dollar miqdorida mukofot puli to'laydi, faqat bir sharti - agar u turnirning asosiy bonusi - 100 ming dollarni olmagan bo'lsa.

Eslatib o'tamiz, UFC 50 ming dollarlik turnir bonuslariga 2014 yilda o'tgan - shu paytgacha ushbu to'lovlar tadbir hajmiga qarab o'zgarib turgan va 40 dan 75 ming dollargacha.

Liga rahbari Dana Uayt avval ham bonuslarni oshirilgan miqdorda jangchilarga taqdim etgandi. Masalan, UFC 300 yubiley turnirida bonus 300 ming dollargacha oshirildi. Lekin UFC 304 turnirida o'n to'rtta jangdan to'qqiztasi 100 ming dollarlik bonuslar bilan hal bo'lganidan so'ng, Dana boshqa hech qachon bunday qilmaslikka vada bergandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ