Mbappening dubli "Real"ga "Vilyarreal" ustidan g'alaba keltirdi
25 YANVAR, 2026, 07:48
Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Vilyarreal" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi."Estadio de la Seramika" stadionida kechgan bahs taqdirini Kilian Mbappening gollari hal qildi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Vinisius Juniorning yurishi va raqib himoyachisidan qaytgan to'pdan so'ng franciyalik yulduz hisobni ochdi.
O'yin yakunida, 92-daqiqada Mbappe penalti ishladi va 94-daqiqada uni o'zi aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Qirollik klubi" turnir jadvalida peshqadamlik uchun kurashni davom ettirmoqda.
La Liga jadvali

Manba: olamsport.com
