logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

OOK 46-Bosh assambleyasi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 24 YANVAR, 2026, 16:32

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi va uning doirasida bir qator sessiya va yig'ilishlar bo'lib o'tmoqda.

Tadbirlar doirasida kuni kecha mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid hamda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, qo'mita raisining birinchi o'rinbosari SHahnoza Mirziyoeva hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida BAAning Dubay shahrida o'tkazilgan V paraosiyo o'yinlarida tarixiy natija qayd etgan O'zbekiston sport delegaciyasi yutuqlari yana bir bor etirof etildi. 

Xususan, musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari 125 ta oltin, 77 ta kumush, 52 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Osiyo qitasida 1-o'rinni egallaganligi yurtimizda parasport turlariga qaratilayotgan yuksak etibor natijasi ekanligi alohida takidlandi.

SHuningdek, Olimpiya shaharchasida parasportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg'ulotlarni to'liq va xavfsiz o'tkazishlari uchun yaratilgan infratuzilma haqida malumot berib o'tildi.   

SHu bilan birga, parasport turlarini rivojlantirishda xalqaro tajribalarni o'rganish, Osiyo paralimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ