logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

UFC 286. Jek SHor tajribali Makvan Amirxanini muddatidan avval engdi

 19 MART, 2023, 02:00

UFC 286 musobaqasining prelim kardidan o'rin olgan Jek SHor - Makvan Amirxani qarama-qarshiligi yakunlandi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida aralash jang sanatlariga asoslangan UFC 286 musobaqasi davom etmoqda.

Ushbu musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan so'nggi jang ham yakunlandi. Unda yarimengil vazn toifasi vakillari — britaniyalik Jek SHor Finlandiya vakili Makvan Amirxaniga qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda yakunlandi. Jek SHor Makvan Amirxanini sabmishen orqali mag'lubiyatga uchratdi.

Bu orqali Jek SHor o'zining 17-g'alabasini qo'lga kiritdi. U yarimengil vazn toifasida UFC reytingida 15-o'rinni egallab turibdi.

Musobaqaning umumiy natijalarini kuzatib boring!


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR