UFC 286. Kris Dankan UFC'dagi debyut jangida tajribali raqibini mag'lub etdi
19 MART, 2023, 01:35
UFC 286 musobaqasining prelim kardidan o'rin olgan Kris Dankan - Omar Morales qarama-qarshiligi yakunlandi.Buyuk Britaniyaning London shahrida aralash jang sanatlariga asoslangan UFC 286 musobaqasi davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan uchinchi jang ham o'z nihoyasiga etdi. Unda engil vazn vakillari — britaniyalik Kris Dankan Venesuela vakili Omar Moralesga qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Kris Dankan hakamlar qarori bilan g'alaba qozondi.
Bu britaniyalik Kris Dankanning UFC'dagi debyut jangi bo'lganini takidlash lozim.
Manba: olamsport.com