logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

UFC 286. Engilmas Muhammad Mokaev braziliyalik raqibini muddatidan avval engib, 10-g'alabasini qo'lga kiritdi

 19 MART, 2023, 00:40

UFC 286 musobaqasining prelim kardidan o'rin olgan Muhammad Mokaev - Jafel Filo qarama-qarshiligi yakunlandi.

Xabaringiz bor, Buyuk Britaniyaning London aralash jang sanatlariga asoslangan UFC 286 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqaning prelim kardidan o'rin olgan ilk jang nihoyasiga etdi. Unda o'ta engil vazn toifasida mezbonlar vakili Muhammad Mokaev braziliyalik Jafel Filoga qarshi oktagonga ko'tarildi. 3 raundga mo'ljallangan jang 3-raundda yakunlandi. Muhammad Mokaev juda qiyin vaziyatdan chiqib ketib, raqibini bo'g'ib qo'ydi va sabmishen orqali g'alaba qozondi.

Bu Muhammadning 10-jangda qo'lga kiritgan 10-g'alabasi bo'ldi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR