logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Amirxon Alixo'jaev: "Sportdan ko'nglim sovib ketdi"

 23 YANVAR, 2026, 14:32

Engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik MMA jangchisi Amirxon Alixo'jaev oxirgi jangidagi mag'lubiyatdan keyin nimalar o'zgarganini aytib berdi.

"So'nggi jangimdan keyin odamlarda salbiy fikrlar ko'payib ketdi. To'g'risi, sportdan ko'nglim sovib ketdi. O'zimga-o'zim sportni yig'ishtiraman, bo'ldi, menga kerak emas, dedim. Toshkentdagi tanish insonlarim bilan biznes qilmoqchi edim. Lekin Jasur aka (Alijonov), Muhiddin aka va boshqa kattalar sportda mag'lubiyat g'alaba bilan yonma-yon yuradi, shuncha g'alabaga erishding, odamlarning gapiga ahamiyat berma, deyishdi. Ularning gapiga "ho'p", deganim bilan ko'nglimda sportga bo'lgan olov o'chib qolgan edi", deydi Amirxon Alixo'jaev Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Rahmonqulova bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Amirxon o'tgan yilning sentyabr oyida qozog'istonlik Sayat Abduali bilan jang qilib, ilk raundda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ