logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston chempionatida eng yaxshilar aniqlandi. Medallar jamg'arish reytingida qaysi jamoa birinchi bo'ldi?

 23 YANVAR, 2026, 11:48

Kecha Toshkentdagi "Olimpiya shaharchasi" yakkakurashlari zalida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi mamlakat birinchiligi nihoyasiga etdi.

Ananaga muvofiq, musobaqa yakunida chempionatning eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko'ra, "Eng yaxshi ayol bokschi" nominaciyasida Jizzax viloyati jamoasi azosi Aziza Zokirova (70 kg) g'olib deb topildi. U finalda Sport akademiyasi vakilasi Maftuna Yangievani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.

 "Eng yaxshi erkak bokschi" esa Samandar Olimov (Mudofaa vazirligi, 55 kg) bo'ldi. Samandar hal qiluvchi bahsda buxorolik SHahzod Muzaffarovdan ustun keldi. 

"Eng yaxshi terma jamoa" esa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Mudofaa vazirligi jamoasiga nasib etdi. 

Farg'onaliklar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqqan bo'lsa, Samarqand jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ