logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Birinchi raketkamiz Australian Open 2026 juftlik musobaqasining ikkinchi davrasiga yo'l oldi

 22 YANVAR, 2026, 10:32

Melburn shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik musobaqasi boshlandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida etakchi tennischimiz Kamilla Rahimova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi rossiyalik Anna Blinkova bilan hamkorlikda musobaqadagi yurishini boshladi. 

Ular ilk davrada saralashda o'n to'rtinchi raqamli juftlik sifatida saralangan Xitoy Taypeyi vakilasi CHan Xaocin va xitoylik Czyan Sinyu hamkorligiga qarshi kortga chiqishdi. Ikki soatu 43 daqiqa davom etgan dramatik bahsda Blinkova va Rahimova juftligi 3/6, 7/5, 7/6(tay-brekda 10/1) hisobida zafar quchdi. 

Eslatib o'tamiz, Kamilla Rahimova Australian Open 2026 yakkalik bahslarining ilk davrasida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga imkoniyatni boy bergan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ