Furqatbek Yoqubov Toshkentda brazil sportchisiga qarshi oktagonga chiqadi (POSTER)
21 YANVAR, 2026, 19:00
7 fevral kuni "Humo Arena"da MMA bo'yicha Mangu MMA 1 turniri o'tkaziladi.Musobaqada ishtirok etuvchi o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubovning raqibi elon qilindi.
31 yashar hamyurtimiz Mangu MMA 1 turnirida Braziliya vakili Nildo Nasimento bilan bahs olib boradi.
Jang eng engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Furqatbek faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, 36 yoshli Nasimento hisobida 18 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.

Manba: olamsport.com
