Jahon chempioni Armando Resendis Bektemir Meliqo'ziev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
21 YANVAR, 2026, 17:32
Prof boksning super o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha amaldagi jahon chempioni Armando Resendis navbatdagi jangi bo'yicha kutilmalari bilan o'rtoqlashdi."Biz hozirda uchta bokschining (Edgar Berlanga, Xayme Mungiya, Bektemir Meliqo'ziev) jamoalari bilan muzokaralarni boshlaganmiz, ularning barchasi qoyilmaqom jangchilar. WBA menga majburiy davogar Meliqo'ziev bilan jang o'tkazish shartini qo'ygani yo'q, buni promouterlar hal qiladi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Lekin o'zim uchun albatta, Xayme Mungiya bilan jang qilish qiziqarliroq bo'lar edi, sababi, u ham meksikalik va uslubimiz ham o'xshash", deydi Resendis.

Manba: olamsport.com
