Janibek Alimxanulining "B" doping namunasi ham ijobiy chiqdi
21 YANVAR, 2026, 14:48
WBO va IBF versiyalari bo'yicha o'rta vazn toifasida jahon chempioni Janibek Alimxanulining "B" doping namunasi ijobiy natija ko'rsatdi.Bu haqda Qozog'iston professional boks federaciyasi prezidenti Rahimjan Erdenbekov malum qildi.
"Yaqinda AQSHdan WADA tomonidan yuborilgan 34 betlik yakuniy ekspertiza xulosasi keldi. Ha, “B” namunasi tasdiqlandi.
Hozir asosiy savol — u buni ongli ravishda qabul qildimi yoki bu modda uning organizmiga qandaydir yo'l bilan tushib qolganmi? Hozircha masala shu erda turibdi", — dedi Erdenbekov.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Alimxanuli doping testdan o'ta olmagani, uning tahlillarida meldoniy moddasi aniqlangani malum bo'lgan edi. SHu sababli 7 dekabr kuni AQSHning San-Antonio shahrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan, kubalik Erislandi Laraga qarshi o'rta vazndagi (72,6 kg) birlashtiruvchi jang bekor qilingan.
Manba: olamsport.com
