logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ispan jamoasi sharafini himoya qilayotgan Yanina Kuskova Tour El Salvador poygasida sovrindor bo'ldi

 21 YANVAR, 2026, 14:32

Veloshosse bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Yanina Kuskova nufuzli musobaqada shohsupaga ko'tarildi.

Yanina ananaviy o'tkazib kelinadigan 2.1 toifadagi "Tour El Salvador" ko'p kunlik xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichida marraga ikkinchi bo'lib etib keldi.

Ispaniyaning "LABORAL KUTXA - FUNDACION EUSKADI" prokontinental jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz 89,4 km masofaga o'tgan bellashuvda 2:28:13 daqiqa natija ko'rsatdi.

Qayd etish kerak, xalqaro musobaqada Ispaniya, Italiya, Xitoy, SHveycariya, Meksika va Braziliya kabi mamlakatlarning professional klublaridan 120 ga yaqin velopoygachilar ishtirok etishmoqda.











Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ