"Quvnoq jang". Volkanovski Getji - Pimblett jangi haqida fikr bildirdi
21 YANVAR, 2026, 13:32
UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang haqida taxmin bildirdi."Qiziqarli jang bo'ladi. Men Peddining g'alabasini taxmin qilaman. Uni juda jiddiy sinov kutib turibdi. U so'nggi jangda reja asosida harakat qila olishini ko'rsatdi. Bu Getjiga qarshi jangda asqotadi", — dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida Pimblett Maykl CHendlerni nokautga uchratgan edi.
Jastin Getjiga qarshi jang 25 yanvar tongida o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
