Arman Carukyan UFC’da 8 jangchi ishtirokida Gran-pri turniri o'tkazishni taklif qildi
21 YANVAR, 2026, 12:48
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Dana Uaytga promoushenida eng kuchli jangchini aniqlash uchun maxsus Gran-pri turniri tashkil etish g'oyasini ilgari surdi."Sakkiz nafar kuchli jangchi chempionlik uchun kurashadi va hech kim "men u bilan jang qilgim kelmaydi, jarohat oldim, kamarni himoya qilmoqchiman" deya bahona qila olmaydi.
Gran-prida g'olibi olti hafta ichida aniqlanadi. Sen bilan nima sodir bo'lishi muhim emas: agar jangdan chiqsang — boshqa raqib tayyor", — dedi Carukyan.
Manba: olamsport.com
