logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Timofeeva Bahrayn turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

 21 YANVAR, 2026, 11:48

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha W75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z imkoniyatini sinab ko'ryapti. Vakilamiz turnirda to'rtinchi raqam ostida saralangan. U 1/16 finalda rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu to'rt daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva ikki setda ham bir xil hisobda g'alaba qozondi - 6/4, 6/4. 

Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva WTA reytingida 138, 24 yoshli Tixonova esa 250-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi 4:0. Endi Mariya ertaga 1/8 finalda amerikalik Kerol Yang So Liga qarshi kortga chiqadi. 24 yoshli asli osiyolik bu tennischi hozirda WTA reytingida 210-pog'onadan joy olgan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ