O'zbekistonlik sportchi stenddan otish bo'yicha musobaqada Jahon rekordini yangiladi
20 YANVAR, 2026, 18:48
Stenddan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini yakunladi.Musobaqada terma jamoamiz sportchilari 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Qayd etish joiz, trap dasturida yoshlar o'rtasida oltin medalga ega chiqqan Ohunjon Abduqodirov Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Oltin medal:
Ohunjon Abduqodirov (trap, yoshlar).
Kumush medal:
Yaroslava Eshtaeva (trap, yoshlar).
Bronza medal:
Ohunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov, SHohruh Sadirov (trap, yoshlar, jamoaviy).
Manba: olamsport.com
