Aytjan Xalmaxanov PWL 11 turnirida Olimpiada chempioni bilan jang qilishi mumkin
20 YANVAR, 2026, 17:48
27 mart kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida sport kurashlari bo'yicha PWL 11 musobaqasi o'tkaziladi.Musobaqa doirasida o'zbekistonlik yunon-rum kurashi bo'yicha Jahon chempioni Aytjan Xalmaxanov gilamga chiqishi mumkin.
UWW_UZB nashri xabar berishicha, Xalmaxanov turnirda kubalik Olimpiya o'yinlari g'olibi Luis Orta Sanches bilan to'qnash keladi.
Sanches Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari g'olibi va 2023 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.

Manba: olamsport.com
