"Tayson Fyuri hali tamom bo'lmagan, u hamon cho'qqida" - Xirn
20 YANVAR, 2026, 16:00
Promouter Eddi Xirn sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining faoliyatini qayta tiklash qaroriga izoh berdi."Men uni ajoyib jangchi deb hisoblayman. U boks uchun haqiqiy brilliant. Fyuri katta janglarda ishtirok etishi mumkin. Ayni paytda, Tayson hali ham cho'qqida. U Usikka qarshi ikkita juda yaqin jangda mag'lub bo'ldi. SHuning uchun unda barchasi tugadi deb bo'lmaydi", — dedi Xirn.
Manba: olamsport.com
