Bloger-kikbokschi Dana Uaytdan Oq uydagi UFC turniri uchun jang berishni so'radi
6 IYUL, 2025, 19:32
Doimo muammolar markazida yuradigan taniqli bloger, sobiq kikbokschi Endryu Teyt Oq uyda jang qilmoqchi.U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida promoushen rahbari Dana Uaytdan jang so'radi. Vashingtonda turnir tashkil qilish g'oyasi shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan chiqqan edi. Ushbu turnir 2026 yilning 4 iyul kuni Oq uyda AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladi.
"Men jang qilaman. Menga qo'ng'iroq qil, Dana Uayt", — deya murojaat yo'llagan Teyt.
Avvalroq, Endryu Teyt odam savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikda ayblangan edi. SHuningdek, u turli janjallari bilan ham mashhur. Xusasan, ekologik aktivist Greta Tunberg bilan "ishkallari" bor.

Manba: olamsport.com
