logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Tata Steel Chess 2026. Abdusattorov va Sindarov ishtirokidagi turnirda 3-tur ortda qoldi

 20 YANVAR, 2026, 09:16

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy Tata Steel Chess musobaqasida 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnirning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida dunyoning etakchi 14 nafar grossmeysteri qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. 

Kecha o'tkazilgan 3-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Aravindh CHitambaramga qarshi bahs olib bordi va yakunda durangga imzo chekdi. Javohir Sindarov esa oq donalarda sloveniyalik Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi. Tata Steel Chess turnirining amaldagi chempioni, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga ilk ochkosini qo'lga kiritdi. Bundan oldingi turda Nodirbekka yutqazgan Rameshbabu 3-turda CHexiya sharafini himoya qilayotgan asli vetnamlik Tay Dai Van Nguen bilan durang o'ynadi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Uchinchi turdan so'ng bir yo'la besh grossmeyster 2 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Nodirbek Abdusattorov uchinchi o'rinni band etgan. U bir g'alaba va ikki durang qayd etgan. Uchchala uchrashuvida ham durang o'ynagan amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov esa hozircha qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 11-pog'onadan joy olgan. Oltinchi o'rindagi turkiyalik 14 yoshli Yagiz Kaan Erdogmush hisobida ham 1,5 ochko bor. 

Tata Steel Chess 2026. 3-tur natijalari:

Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston) — Tay Dai Van Nguen (CHexiya) 0,5-0,5

Arjun Erigaisi (Hindiston) — Gukesh Dommaraju (Hindiston) 0,5-0,5

Vinsent Keymer (Germaniya) — Mattias Blubaum (Germaniya) 0-1

Yorden van Forest (Niderlandiya) — Anish Giri (Niderlandiya) 1-0

Aravindx CHitambaram (Hindiston) — Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 0,5-0,5

Xans Niemann (AQSH) — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) 0,5-0,5

Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Vladimir Fedoseev (Sloveniya) 0,5-0,5


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun musobaqada 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. Unda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda chexiyalik Tay Dai Van Nguenga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa qora donalarda germanniyalik Mattias Blubaum bilan hisob-kitob qiladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ