logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fazliddin Madrahimov Octagon 84 turnirida qaysi hamyurtimiz bilan jang qilishi aniq bo'ldi

 19 YANVAR, 2026, 09:32

1 fevral kuni Octagon League Toshkentda navbatdagi turnirini tashkil etadi.

Oqshom doirasida tojikistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Fazliddin Madrahimov o'zbekistonlik Ibragim SHaymanovga qarshi jang qiladigan bo'ldi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli Fazliddin "Karim" Madrahimov hozirgacha 22 ta jangda qatnashib, 15 g'alaba, 6 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 32 yashar Ibragim SHaymanov rekordida esa 8 g'alaba va 6 mag'lubiyat bor.

Malumot o'rnida, Octagon 84 turnirining markaziy bahsida hamyurtimiz Sardorbek Ro'ziev (4-0-0) Qozog'iston vakili Kaysar Jaugashar (6-0-0) bilan to'qnash keladi. Jang o'ta engil vazn toifasidagi vaqtinchalik (Interim) kamar uchun o'tkaziladi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ