logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mahmud Muradovning raqibi o'zgardi

 19 YANVAR, 2026, 09:00

Xabar berganimizdek, 24 yanvar kuni Polshaning Tarnuv shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha Fame 29 turniri o'tkaziladi.

Unda o'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov ham ishtirok etadi. Avvalroq, Muradovga turnir doirasida polshalik 29 yashar Denis Labriga raqib bo'lishi haqida xabar bergandik.

Biroq malum bo'lishicha, Mahmud Fame 29 oqshomida boshqa bir polshalik sportchi — Marchin Syanos bilan to'qnash keladi. Jang ko'rgazmali kik-boks (K-1) qoidalari bo'yicha o'tkaziladi.

Malumot uchun, Mahmud Muradov professional faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazib, 29 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Syanos hisobida esa 8 g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ