logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Oskar De La Xoyya: "Bektemir, chempionlik jangi juda yaqin!" (+FOTO)

 19 YANVAR, 2026, 08:48

Taniqli promouter, boks afsonasi Oskar De La Xoyya mijozi Bektemir Meliqo'zievga murojaat qildi.

Avvalroq, prof boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm qo'lqop ustamizning WBA yo'nalishida chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylangani haqida xabar bergandik.

Ushbu divizionda WBA kamari meksikalik 26 yoshli Xose Armando Resendisga tegishli bo'lib turibdi. Terens Krouford faoliyatini yakunlagach, aynan Resendis WBA chempionlik kamarining to'laqonli egasiga aylangandi.    

Taniqli promouter Oskar De La Xoyya instgram tarmog'i orqali Bektemirga yuzlanib, jahon chempionligi juda yaqin ekaniga ishora qildi. Aftidan muzokaralar ijobiy yakun topgan ko'rinadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ