Mahmud Muradov UFC'ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
19 YANVAR, 2026, 08:00
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi, hozirda CHexiyaning Oktagon MMA Ligasida vaqtinchalik chempion unvoni sohibi Mahmud Muradov Dana Uayt boshchiligidagi Ligaga yana qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi."Yo'q. Qaytmaymiz. SHu erda, Evropada jang qilib yuraman. Oktagon MMA bilan yaxshi shartnomam bor. Yaxshi pul to'lashyapti. Media ham yaxshi. Men bu Ligada chempionman. SHu erda jang qilaveramiz", deb aytib o'tgan Muradov o'zining Instagram rasmiy sahifasida.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov (29-8-0) UFC'da 2019-2024 yillar davomida 6 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Manba: olamsport.com
