logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Iliya Topuriya tilga kirdi, u jang vaqti va raqibni aytdi

 18 YANVAR, 2026, 17:00

Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya navbatdagi jangini qachon o'tkazishi va kimni raqib sifatida ko'rishi haqidagi savolga javob berdi.

"El Matador"ning aytishicha, u uch oydan so'ng oktagonga qaytib, amerikalik Jastin Getji va britaniyalik Peddi Pimblett o'rtasida aniqlanadigan vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi bilan birlashtiruvchi jang o'tkazadi.

"Aprel-iyun. Peddi va Jastin o'rtasidagi jang g'olibi", - deb yozdi ispaniyalik ijtimoiy tarmoqda muxlislarning savollariga javob berar ekan.

Topuriyaning bayonoti Merab Dvalishvilining insaydlariga unchalik mos kelmaydi, u kuni kecha do'stining Islam Maxachev bilan jangi hamma kutganidan ham oldinroq bo'lib o'tishi mumkinligini aytgandi.

Ayni paytda chempion sobiq rafiqasi bilan munosabatlarini sudda aniqlash uchun "tatil"ga chiqqan. Getji va Pimblett o'rtasidagi jang esa keyingi hafta oxirida Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ