Bugun Do'smatov, Madrahimov, Zokirov va boshqa bokschilarimiz ringga ko'tariladi (Juftliklar)
18 YANVAR, 2026, 10:32
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.Navbatdagi kungi kunduzgi saralash janglari soat 11:00da boshlanadi. Bugungi bahslarda boks muxlislari Asilbek Jalilov, Faryozbek Do'smatov, Samandar Olimov, Jahongir Zokirov, Madiyar Saidrahimov singari taniqli bokschilarimizning janglariga guvoh bo'lishadi.
Kechki dastur esa soat 14:00da boshlanadi.


Manba: olamsport.com
