logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Yuventus» safarda «Kalyari»ga yutqazib qo'ydi (videosharh)

 18 YANVAR, 2026, 09:00

Italiya A seriyasining 21-turi doirasida «Kalyari» hamda «Yuventus» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda maydon egalari minimal hisobda g'alaba qozondi — 1:0.

O'yindagi yagona gol ikkinchi bo'limda, 65-daqiqada «Kalyari» yarim himoyachisi Luka Matstsiteli tomonidan kiritildi.

21 turdan keyin «Yuventus» 39 ochko bilan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. «Kalyari» esa 21 uchrashuvda 22 ochko jamg'arib, 13-pog'onadan joy olgan. Jadvalda 49 ochko bilan «Inter» etakchilik qilmoqda.

Kelasi turda Luchano Spalletti shogirdlari 25 yanvar kuni «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi. «Kalyari» esa bir kun oldin, 24 yanvar kuni «Fiorentina» bilan to'qnash keladi.

Italiya A seriyasi, 21-tur
17 yanvar. Kalyari, «Unipol Domus»
Kalyari — Yuventus — 1:0
Gol: 65’ — Luka Matstsiteli (1:0)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ