logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Ravshan Haydarov kechagi alamli mag'lubiyatga izoh berdi

 18 YANVAR, 2026, 08:48

O'zbekiston U 23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoydan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrini bildirdi.

"O'yin 120 daqiqa bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Ko'plab vaziyatlarga ega  bo'ldik. Biroq ozgina kreativliklar etmagani sababli gol ura olmadik. Xitoy jamoasi kutganimizdek juda yaxshi himoyalandi. Afsuski, penaltilarda omadimiz kelmadi. 

Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, ular turnir davomida har bir uchrashuvda borlarini berib harakat qilishdi. Afsuski, bugun bizning kunimiz emas ekan, penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. 

SHu tariqa, turnirdagi yurishimizni shu erda to'xtashiga majbur bo'ldik. Ammo yana bir bor takidlayman, futbolchilarimga yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Ular qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Muxlislarimiz bizdan doim g'alabalar kutishadi, ulardan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'raymiz.

Ammo bugun mag'lub bo'lganimizga qaramasdan, o'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q. Penaltilar seriyasi - lotareya. Unda bizga omad kulib boqmadi", - dedi Haydarov.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ