logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Birinchi raketkamiz Australian Open 2026 juftlik musobaqasida ham ishtirok etadi

 17 YANVAR, 2026, 17:48

Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik musobaqasiga qura tashlandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida etakchi tennischimiz Kamilla Rahimova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi rossiyalik Anna Blinkova bilan hamkorlikda musobaqadagi yurishini boshlaydi. 

Ular ilk davrada saralashda o'n to'rtinchi raqamli juftlik sifatida saralangan Xitoy Taypeyi vakilasi CHan Xaocin va xitoylik Czyan Sinyu hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi. Ushbu uchrashuv 20 yanvar kuni bizning vaqt bilan soat 05:00da boshlanadi. Veronika Kudermetova va saralashda yutqazgan Mariya Timofeeva juftlik turnirida qatnashmaydi.   

Eslatib o'tamiz, Kamilla Rahimova Australian Open 2026 yakkalik bahslari ilk davrasida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goff bilan hisob-kitob qiladi.    



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ