logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Murabbiylarim bilib qolishsa, meni o'ldirishadi" - Xollouey Oliveyrani qanday mag'lub etishini oshkor qildi

 17 YANVAR, 2026, 15:32

Amerikalik BMF kamari sohibi Maks Xollouey UFC 326 turnirining asosiy jangida braziliyalik 36 yoshli CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.

Maks bo'lajak jangda nomdor raqibi ustidan og'ritish usuli bilan g'alaba qozonishni istayotganini aytdi.

"Buni ko'rgan murabbiylarim meni o'ldirib qo'yishsa kerak. Ammo BMF uchun jangda eng yaxshi variant hammaga og'riq usullarini o'zi o'tkazadigan CHarlzni "tinchlantirish" bo'lardi", - deya Xollouey so'zlarini keltiradi Home of Fight’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.

Malumot uchun, 34 yoshli Xolloueyning professional rekordi 27 g'alaba (14 tasi muddatidan oldin) va 8 mag'lubiyatdan iborat. 2017 yildan 2019 yilgacha u yarim engil vazn toifasida UFC chempionligini o'zida saqlab turgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ