Peres Mourinyuni "Real"da ko'rishni istaydi
17 YANVAR, 2026, 07:32
"Real" prezidenti Florentino Peres "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyuni poytaxt klubining bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqchi.Bu haqda COPE nashri xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, sport funkcioneri portugaliyalik mutaxassis agar hozirgi jamoasini tark etsa, uning nomzodiga murojaat qilishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalidagi (2:3) mag'lubiyatdan so'ng Xabi Alonso poytaxt klubi bosh murabbiyi lavozimidan istefoga chiqarilgandi. Uning o'rniga Alvaro Arbeloa tayinlangan bo'lib, uning qo'l ostida "qaymoqranglar" mamlakat Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).

Manba: olamsport.com
