Razambek Jamalov yana mashg'ulotlarga qaytdi (VIDEO)
17 YANVAR, 2026, 07:16
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov jarrohlik amaliyotlaridan so'ng yana faol tarzda mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.Jamalov shu kunlarda Xasavyurtda shaxsiy murabbiyi Adam Saytiev qo'l ostida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Avvalroq, sportchimizning 27 mart kuni Toshkentda o'tkaziladigan PWL 11 turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Manba: olamsport.com
