Oshpaz va oficiantlikdan futbolga. Boake haqida 7 qiziqarli fakt
16 YANVAR, 2026, 18:48
Yaqinda "Andijon" klubi bilan shartnoma imzolagan Martin Boake haqidagi qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.– Martin Italiyada tug'ilgan, ammo uning ota-onasi ganalik.
– Boake mehmonxona menejirlari tayyorlaydigan maktabda tahsil olgan, o'qish davomida oshpazlik va oficiantlik kurslariga borgan.
comhttps://www.calciovicentino ... 0.jpg class="fr-fic fr-dii">
– Martin dastlab yarim himoyachi poziciyasida to'p tepgan, bolalikdagi jamoalaridan biri hujumchisiz qolgach, u oldingi chiziqqa o'tkazilgan va ikki o'yinda ikkita gol urgan. SHundan so'ng forvard poziciyasida o'ynay boshlagan.
– Boake O'zbekiston chempionatida to'p tepayotgan birinchi italiyalik futbolchi sanaladi.
comhttps://championat.asia/upl ... 0.jpg class="fr-fic fr-dii">
– Hujumchi O'zbekiston chempionatidagi dastlabki golini "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan bo'lsa, ikkinchisida o'z darvozasini nishonga olgan.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
– Boake Afrikada "Martin Boakye Foundation" nomli xayriya jamg'armasi ochgan: daromadining katta qismini qishloqlarda yashayotgan afrikaliklarga yordam berishga sarflaydi.
– Boakening uch nafar sevimli o'yinchisi bor: Balotelli, Lukaku va Drogba.
Manba: olamsport.com
