Maxachevmi yoki Topuriya? - Pimblett eng yaxshi P4P jangchisini aytdi
16 YANVAR, 2026, 17:32
Engil vazn UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Peddi Pimblett vazn toifasidan (P4P) qati nazar, Liganing eng yaxshi jangchisi kim degan savolga javob berdi."Men uchun Islam - P4P reytingida birinchi o'rinda. Iliya - ikkinchi. Topuriyani engib, bu ro'yxatga kirishni istayman. Men hammaga vazn toifalari nima uchun mavjudligini va u meni mag'lub etish uchun juda kichik ekanligini ko'rsatmoqchiman", dedi Pimblett YouTube’dagi TheMacLife kanalida.
Eslatib o'tamiz, xuddi shu ketma-ketlikda Maxachev va Topuriya UFC’ning P4P reytingida joylashgan.

Manba: olamsport.com
